Rafael Leau sog‘aydi va «Milan»ning keyingi o‘yinida maydonga tushadi

Rafael Leau sog‘aydi va «Milan»ning keyingi o‘yinida maydonga tushadi
Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau mushaklaridan biridagi yallig‘lanishdan so‘ng sog‘aydi va klubining navbatdagi uchrashuvida o‘ynashga tayyor. «Milan» A Seriyaning 17-turi doirasida Italiya chempionati autsayderlaridan biri — «Verona»ga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv yakshanba, 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Leau klubining avvalgi ikki o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi 2019 yildan beri «Milan» safida to‘p suradi. U jamoa bilan 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan.

«Milan»ga kelishidan avval u vatani Portugaliyada Lissabonning «Sporting» klubida o‘ynagan, keyin esa Fransiyaning «Lill» jamoasida bir yil to‘p surgan. Hozir «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.