«Espanol» Garsiyani muxlislar hujumidan himoya qilishi kerak

«Espanol» Garsiyani muxlislar hujumidan himoya qilishi kerak
Yozda darvozabon Joan Garsiya «Espanol»dan «Barselona»ga o‘tdi va bu uning sobiq klub muxlislarini g‘azablantirdi. 3-yanvar kuni «oq-ko‘klar» uchun uy derbisi bo‘lib o‘tadi.

Mahalliy muxlislar darvozabonga «iliq kutib olish» uyushtirmoqchi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Espanol» Garsiyani tribunadan uloqtirilishi mumkin bo‘lgan buyumlardan asrash uchun darvoza ortiga maxsus himoya to‘rlari o‘rnatishi kerak bo‘ladi.

Klubdagilar bu chora tajovuzkor kayfiyatdagi muxlislar sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarning oldini olishga yordam beradi, deb umid qilmoqda. Yaqinda «Espanol» ishqibozlari Joan Garsiyani kalamush qo‘g‘irchoqlari bilan «o‘qqa tutish» niyatida ekani haqida ham xabarlar tarqaldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.