"Chelsi" Morgan Rodjersni sotib olishni rejalashtiryapti

"Chelsi" Morgan Rodjersni sotib olishni rejalashtiryapti
Birmingemning "Aston Villa" klubi hujumchisi Morgan Rodjers joriy mavsum yakunida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Londonning "Chelsi" klubi futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. 23 yoshli futbolchi Transfermarkt portali tomonidan 70 million yevroga baholanmoqda.

Morgan Rodjersning "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oxirigacha mo'ljallangan. Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida Rodjers 17 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.