«Liverpul» Nacho uchun «Real»ga 20 million evro taklif qilishga tayyor


\"Real\" jamoasi himoyachisi Nacho \"Liverpul\" klubi rahbariyatining qiziqishlari doirasiga kirgan. Bu haqda Fut.uz xabar berdi.
Manbada aytilishicha, 27 yoshli futbolchini mersisaydliklar ustozi Yurgen Kloppning shaxsan o‘zi tarkibda ko‘rishni istaydi.
Ingliz klubi ispaniyalik futbolchi uchun madridliklarga 20 million evro taklif qilishga tayyor.
Ushbu mavsumda Nacho Ispaniya chempionatining faqat 12ta o‘yinida maydonga tushgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













