Barselona ikkinchi darvozabon sifatida ter Shtegenni tanladi

Barselona ikkinchi darvozabon sifatida ter Shtegenni tanladi
Mark-Andre ter Shtegen va Voytsex Shchesniy «Barselona»da ikkinchi darvozabon maqomiga da’vogarlik qilmoqda. Birinchi raqamli darvozabon sifatida Joan Garsiya qolmoqda, bu haqda bosh murabbiy Hans-Diter Flik bir necha bor aytgan.

Jurnalist Adria Albets xabar berishicha, agar ispaniyalik posbon jarohat olsa, maydonga ter Shtegen tushadi. Hozircha Garsiyadan keyingi darvozabon pozitsiyasi uchun ustuvor tanlov aynan germaniyalik hisoblanadi.

Yaqinda Mark-Andre ter Shtegen iyundan beri safdan chiqargan jarohatini davolab, safga qaytdi. 33 yoshli «ko‘k-anorranglilar» sardori bir uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi: u Ispaniya kubogida «Deportivo Gvadalahara»ga qarshi o‘yinda (2:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.