Peres Zidanini "Real"ga qaytarishni istamoqda

Peres Zidanini "Real"ga qaytarishni istamoqda
Madridning "Real" klubida fransuz mutaxassisi Zinedin Zidan nomzodi hanuz ko‘rib chiqilmoqda. Ispan OAV xabariga ko‘ra, "qirollik" klubi prezidenti Florentino Peres "Zizu"ni taklif qilish masalasida shaxsan turib olgan.

Biroq bu rejani amalga oshirish uchun Zinedin Fransiya terma jamoasidagi ishidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Mutaxassis 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin milliy jamoani boshqarishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Zidan boshchiligida "Real" UEFA Chempionlar ligasida ketma-ket uch marta g‘olib chiqqan. Hozirda "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimini ispaniyalik Xabi Alonso egallab turibdi.

U jamoani 2025 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.