Krishtianu Ronaldu 2025 yilda 40-golini urdi

Krishtianu Ronaldu 2025 yilda 40-golini urdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2025 yil davomida urgan gollari sonini 40 taga yetkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

40 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatining shanba kungi uchrashuvida «Al-Ahdud» darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Bahs 3:0 hisobida yakunlandi. Shu tariqa Ronaldu barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda, 2025 yil boshidan beri 40 ta gol urdi. U Yevropani tark etganidan keyin ketma-ket uchinchi mavsum bu marraga yetdi.

«Al-Nasr» 10 turdan keyin 30 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va hozircha biror marta ham ochko yo‘qotgani yo‘q. Jamoa yil yakunidagi so‘nggi o‘yinini 30 dekabr kuni «Al-Ittifoq»ga qarshi o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.