Yana bir o'zbek yosh iqtidor Yevropaga yo'l oldi

Yana bir o'zbek yosh iqtidor Yevropaga yo'l oldi

O\'zbekistonlik vinger Sadriddin Husanov Portugaliyaga yo\'l oldi va \"Braga\" klubida ko\'rikdan o\'tmoqda. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

17 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda \"Braga\" libosidagi suratini ulashdi. Bu esa uning portugaliyaliklar bilan shartnoma imzolash arafasida ekanidan darak beradi.

Ma\'lumotlarga ko\'ra, Husanov klubning yoshlar jamoasi bilan kelishuvga yaqin. U Toshkentning \"Bunyodkor\" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Husanov Osiyo Kubogida o\'smirlar terma jamoasi safida chempion bo\'lgach, e\'tibor markaziga tushdi. Shuningdek, u jahon chempionatida ham munosib o\'yin ko\'rsatdi va yaqinda The Guardian talqiniga ko\'ra dunyoning eng iste\'dodli 60 nafar yosh futbolchisi ro\'yxatidan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilfuza Razzoqova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.