Ter Shtegen Ispaniyada boshqa klubga o'tishga yaqin turibdi

Ter Shtegen Ispaniyada boshqa klubga o'tishga yaqin turibdi

Kataloniyaning «Barselona» klubida to'p surayotgan nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yaqin orada jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, golkiperning keyingi manzili Ispaniyaning boshqa jamoasi — «Jirona» bo'lishi ehtimoli bor. Klub «ko'k-anorranglilar» safida asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgan darvozabonni qo'lga kiritishga jiddiy kirishgan. Tomonlar kelishuvni yanvar transfer oynasida rasmiylashtirishi mumkin.

33 yoshli ter Shtegen «Barselona» safida 2014 yil yozidan beri o'ynab kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 7 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.