Pirs Morgan Dyo'kereshdan ko'proq gol kutmoqda

Pirs Morgan Dyo'kereshdan ko'proq gol kutmoqda

Mashhur jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan Londonning “Arsenal” klubi safidagi shved hujumchisi Viktor Dyo'kereshning o'yinlarini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Morgan fikricha, jamoa hujumchilari, ayniqsa Dyo'keresh, vaziyatlardan unumliroq foydalanishi kerak. U futbolchini yoqtirishini va mehnatini qadrlashini aytib, 63,5 million funtga xarid qilingan hujumchidan ko'proq gollar kutilishini ta’kidladi.

Dyo'keresh “kanonirlar” safiga bu yozda Lissabonning “Sporting” klubidan kelib qo'shilgan. U “Arsenal” libosida barcha musobaqalarda 20 o'yinda 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Angliya chempionatining 18-turidan so'ng Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa 42 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.