Kanselu qishda Yevropaga qaytishi mumkin, uch klub qiziqyapti

«Al-Hilol»ning o\'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu qishki transfer oynasida Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So\'nggi kunlarda portugaliyalik futbolchining Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-so\'zlar kuchaydi. Insayder Fabritsio Romano ma\'lumotiga ko\'ra, Milanning «Inter» klubi 31 yoshli himoyachini ijaraga olish variantini muhokama qilish uchun «Al-Hilol» bilan allaqachon bog\'langan. Shuningdek, «Barselona» va «Yuventus» ham o\'yinchi bo\'yicha so\'rov yuborgan.
Kanselu Ar-Riyod klubiga 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan ko\'chib o\'tgandi. Qiziq tomoni, u avvalroq «Barselona», «Yuventus» va «Inter» safida ham to\'p surgan. Transfermarkt portali himoyachining joriy narxini 10 million yevroga baholamoqda.













