Aston Villa uy maydonida ketma-ket 11-galaba qayd etdi

Aston Villa uy maydonida ketma-ket 11-galaba qayd etdi

«Aston Villa» o\'z maydonida ajoyib formani ushlab turibdi: birmingemliklar barcha musobaqalarni hisobga olganda, uy uchrashuvlaridagi g\'alabali seriyasini 11 ta o\'yinga yetkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Unai Emeri boshqaruvidagi jamoa APLning 20-turida «Nottingem Forest»ni 3:1 hisobida mag\'lub etib, navbatdagi muvaffaqiyatni qo\'lga kiritdi va uy stadionidagi yuqori ko\'rsatkichlarini yana bir bor tasdiqladi.

«Aston Villa»ning uyidagi g\'alabalar seriyasi sentabr oxiridan beri davom etmoqda. Jamoa so\'nggi bor 31-avgust kuni «Kristal Pelas»ga yutqazib qo\'ygandi.

Hozirda Emeri shogirdlari 42 ochko jamg\'argan va APL turnir jadvalida ikkinchi o\'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.