Barselona Kanseluga va’da berdi, u taklif kutmoqda

Barselona Kanseluga va’da berdi, u taklif kutmoqda

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi himoyachisi Joau Kanselu «Barselona»dan aniq taklif bo‘lishini kutmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchini Milan «Inter»i safiga qo‘shib olishga tayyor: «neradzurrilar» saudiyaliklar bilan ijara shartlari bo‘yicha kelishuvga ham erishgan. Jurnalist Paskuale Guarro xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi «Barselona»dan va’da olgani uchun hozircha «Inter»ga o‘tishga rozilik bermayapti.

Agar Kanseluning Kataloniya grandiga transferi amalga oshmasa, «Inter» uni mamnuniyat bilan o‘z safiga qabul qiladi. Qayd etish joiz, u avval ham har ikki klubda to‘p surgan.

«Manchester Siti»ning sobiq yulduzi Transfermarkt portalida 10 mln yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.