Noyer Bavariya bilan shartnoma borasida muddatni aytdi

Noyer Bavariya bilan shartnoma borasida muddatni aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer kelajagi haqida gapirdi va shartnomani uzaytirish masalasida qachon yakuniy qarorga kelishini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar ijobiy ruhda, biroq darvozabon yaqin oylar qanday kechishini kuzatmoqchi. Noyer yakuniy qarorni mart oxiri yoki aprel boshlarida e’lon qilishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Noyer 2011 yilda «Shalke»dan «Bavariya»ga 30 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Germaniya chempionlari bilan amaldagi bitim 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u myunxenliklar safida 20 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.