Alan Shirer Deklan Raysni murabbiylar orzusi deb atadi

Alan Shirer Deklan Raysni murabbiylar orzusi deb atadi

Angliya futboli afsonasi, sobiq hujumchi Alan Shirer \"Arsenal\" yarim himoyachisi Deklan Rays haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shanba kuni Rays \"Bornmut\"ga qarshi o‘yinda ikki bor gol urib, \"kanonirlar\"ga 3:2 hisobidagi muhim g‘alabani olib keldi.

Shirerning ta’kidlashicha, Deklan har qanday murabbiy uchun ideal futbolchi: u ishiga jiddiy yondashadi, deyarli o‘yin qoldirmaydi va maydonga tushganida doim barqaror yuqori saviyada harakat qiladi. “U kamida 10 ballik tizimda 8 ball darajasida o‘ynaydi. Ajoyib futbolchi”, deya uning so‘zlarini ingliz OAV keltirmoqda.

Mikel Arteta jamoasi 8 yanvar kuni o‘z maydonida \"Liverpul\"ni qabul qiladi. Hozirda londonliklar APL turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va \"Manchester Siti\" hamda \"Aston Villa\"dan olti ochko oldinda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.