Alonso Mbappe o'rniga tushgan hujumchini alohida maqtadi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liganing 18-turida “Betis”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, uch gol urgan hujumchi Gonsalo Garsiya haqida fikr bildirdi. “Qirollik klubi” bu bahsda 5:1 hisobida yirik g\'alabani nishonladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Matbuot anjumanida Alonso Garsiyaning o\'yinini “orzu qilingan uchrashuv” deb atadi. Mutaxassisning ta\'kidlashicha, gol urishni yaxshi ko\'radigan yosh forvard mehnati evaziga xet-trikka erishdi va shu yo\'lda davom etishi kerak.
Joriy mavsumda 21 yoshli “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi madridliklar safida 18 ta uchrashuvda qatnashdi. Garsiya hisobida 3 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













