Milan Kim Min Je uchun faqat ijara variantini ko'rib chiqmoqda

Avval xabar berganimizdek, koreyalik markaziy himoyachi Kim Min Je A Seriyaga qaytishi mumkin. Uni tarkibida ishonchli markaziy himoyachi yetishmayotgan “Milan” o\'z safiga qo\'shib olishga urinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq futbolchining maoshi va umumiy narxi kelishuvni murakkablashtirmoqda: “Milan” Kim Min Jeni to\'liq sotib olish imkoniga ega emas. Shu sabab klub hozircha futbolchini ijara asosida olib kelish variantini ko\'rib chiqmoqda.
Bu reja faqat bitta muhim shart bilan ishlashi mumkin: Kimning maoshini hech bo\'lmaganda qisman hozirgi jamoasi — “Bavariya” to\'lab berishi kerak. Gap shundaki, himoyachi Myunxenda yiliga 9 million yevro oladi va “Milan”da bunday darajadagi maosh oladigan futbolchilar yo\'q — klub bunday xarajatlarga bormaydi.
Shunga qaramay, Kimning o\'zi Italiyaga ko\'chib o\'tishga qiziqmoqda: unga bu mamlakatdagi hayot tarzi va iqlim yoqadi.













