Bavariya RB Leyptsig hujumchisi Yan Diomandeni kuzatmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi «RB Leyptsig» hujumchisi Yan Diomandega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis grandi iquariyalik forvardni yozgi transfer oynasida hujum chizigini kuchaytirish uchun istiqbolli variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, Diomande «Bavariya»ning qisqa ro‘yxatidan joy olgan va ehtimoliy kelishuv klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin ham amalga oshishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, futbolchining «Leyptsig» bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasida tovon puli (otstupnoy) bandi ko‘zda tutilmagan.
Joriy mavsumda Diomande Bundesligada 14 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













