Bavariya Upamekano bitimini choʻzilishini saqichga qiyosladi

Bavariya Upamekano bitimini choʻzilishini saqichga qiyosladi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh ijrochi direktori Yan-Kristian Drezен fransuz himoyachisi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirish jarayoni choʻzilib ketayotganini noodatiy tarzda izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbarining aytishicha, futbolchi yangi kelishuvga qoʻl qoʻyishni ortga surayotgani saqich chaynashni eslatadi.

«Saqichni uzoq chaynasangiz, oxiri taʼmi yoʻqoladi. Shuning uchun bu ishni ham saqichdek choʻzmaslik kerak», — deya Drezенning soʻzlarini T-online keltirdi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Upamekano klub taklifidan anchadan beri xabardor, biroq «Bavariya» cheksiz kutib oʻtira olmaydi.

Himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha moʻljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda fransuz futbolchi 21 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.