Fletcher Amorim ketgach MYU futbolchilari bilan gaplashdi

Fletcher Amorim ketgach MYU futbolchilari bilan gaplashdi

"Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Darren Fletcher Ruben Amorim ishdan olinganidan keyin jamoa futbolchilari bilan bo‘lgan suhbat tafsilotlarini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik mutaxassisning iste’fosi dushanba kuni rasman e’lon qilindi. 41 yoshli shotlandiyalik Fletcher jamoani navbatdagi o‘yinda — chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Byornli"ga qarshi bahsda boshqaradi.

Fletcherning ta’kidlashicha, u avvalo sardor Bruno Fernandesh bilan alohida gaplashgan. Shuningdek, u yaqindan tanish bo‘lmagan futbolchilarga ham e’tibor qaratgan — jumladan, Benyamin Sheshko va Mateus Kunha bilan muloqot qilgan.

"Byornli" — "Manchester Yunayted" uchrashuvi 01:15 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.