Latsio Kennet Teylor transferini rasman e'lon qildi

Rimning «Latsio» klubi Amsterdamning «Ayaks» jamoasi bilan kelishuvga erishib, 23 yoshli yarim himoyachi Kennet Teylorni safiga qo‘shib oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Juma oqshomida Teylor «Latsio» futbolchisi sifatida rasmiy tanishtirildi. Klub bu haqdagi xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qildi.
Teylor tarkibdan ketishi kutilayotgan Matteo Genduzi o‘rnini bosishi rejalashtirilmoqda. Rim klubi bu transfer uchun 17 million yevro to‘laydi, futbolchining yillik maoshi esa 1,5 million yevroni tashkil etadi.
Ayni paytda «Latsio» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













