Viktor Bonifase tizzasidan operatsiya bo‘ladi va uzoq muddat safdan chiqdi

Viktor Bonifase tizzasidan operatsiya bo‘ladi va uzoq muddat safdan chiqdi

Nigeriya terma jamoasi va Leverkuzenning «Bayer» klubi hujumchisi Viktor Bonifase tizzasidan jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Bu haqda futbolchi ijarada o‘ynayotgan «Verder» klubining ijtimoiy tarmoqlari xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub bayonotida qayd etilishicha, reabilitatsiya jarayoni uzoq davom etishi kutilmoqda va shu sabab Bonifasening joriy mavsumda «Verder» safida yana maydonga tushishi deyarli ehtimoldan yiroq. «Verder» futbolchiga tezroq sog‘ayishni tiladi.

Joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi 11 uchrashuvda ishtirok etdi, 1 ta ogohlantirish oldi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.