Liverpul Bryugge qanot hujumchisini yanvarda olib kelishi mumkin

Liverpul Bryugge qanot hujumchisini yanvarda olib kelishi mumkin

Bryugge vingeri Hristos Tsiolis faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

DaveOCOP manbasiga ko'ra, 23 yoshli futbolchini tarkibiga qo'shish masalasiga Liverpul qiziqish bildirmoqda. "Qizillar" grekiyalik futbolchini yanvar oyidayoq sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda, biroq kelishuv oson kechmasligi mumkin.

Tsiolis 2024 yilda Germaniyaning Fortuna klubidan Bryugge safiga 6 million yevro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u Belgiya klubida 30 o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 15 ta golli pas berdi. Faoliyati davomida u PAOK, Norvich va Tvente jamoalarida ham to'p surgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.