Mendosa Barselona hozir Realдан ancha yuqori darajada

Mendosa Barselona hozir Realдан ancha yuqori darajada

Ispaniyalik mashhur agent Antonio Mendosa mamlakat Superkubogi finali haqida fikr bildirdi. Hal qiluvchi uchrashuvda “Barselona” va Madridning “Real” jamoalari 11-yanvar kuni 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mendosa finalda kataloniyaliklar g‘alaba qozonishiga ishonmoqda. Uning aytishicha, hozir “Barselona”ning o‘yini va darajasi “Real”nikidan ancha yuqori, madridliklarga esa finalga chiqishda omad kulib boqqan. Agent bahs yakuniy hisobini ham taxmin qildi — 4:0 “Barselona” foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalda “Real” Madrid derbisida “Atletiko”ni 2:1 hisobida yengdi. “Barselona” esa Bilbao “Atletik”iga imkon qoldirmay, raqib darvozasiga javobsiz beshta gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.