Dani Alves: «Barselona» rahbariyati lafzi yo‘q va yaxshilikni bilmaydigan odamlar bo‘lib chiqdi


Ayni vaqtda \"Yuventus\" sharafini himoya qilayotgan \"Barselona\" klubi sobiq himoyachisi Dani Alves kataloniyaliklar rahbariyati haqida salbiy fikr bildirdi, deb yozadi Uff.uz sayti. Himoyachining aytishicha, \"Barselona\" rahbariyatining insoniylik sifatlari oqsaydi.
\"Meni yaxshi ko‘rishlari va jamoa safida bo‘lishimni istashlarini yoqtiraman. Agarda yaxshi ko‘rishmasa, ketaman.
\"Barselona\"dan ketishim mantiqan to‘g‘ri edi. Klub rahbariyati esa lafzi yo‘q va yaxshilikni bilmaydigan odamlar bo‘lib chiqdi\", - deydi Alves.
Eslatib o‘tamiz, Dani Alves 2008 yildan 2016 yilga qadar \"Barselona\"da to‘p surgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













