Mostovoy Barselona va Real o'yinidan hayratda qoldi

Ispaniyaning «Selta» klubida to\'p surgan sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» hamda «Real» o\'rtasidagi bahs haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 11-yanvar kuni bo\'lib o\'tdi va unda kataloniyaliklar 3:2 hisobida g\'alaba qozondi.
Mostovoyning aytishicha, o\'yin juda yuqori saviyada o\'tgan. U uchrashuv oldidan «Barselona»ga kichik ustunlik berganini ta\'kidladi — 55 ga 45. Shuningdek, ko\'pchilik nega kataloniyaliklarni haddan tashqari yaqqol favorit qilganini tushunmaganini, ammo o\'yin o\'zida «telba taassurot» qoldirganini aytdi.
Qayd etish joiz, bu g\'alaba «Barselona» uchun Superkubokdagi 16-titul bo\'ldi. «Real» hisobida esa 13 ta shunday sovrin bor.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













