Karrik davrida MYUning ilk nishoni Nevesh bo'ldi

"Manchester Yunayted"da murabbiy almashdi, biroq transfer bozoridagi asosiy vazifa o'zgarmadi — jamoa yarim himoya chizigini kuchaytirishni ko'zlamoqda. Transfer News Live The Guardian manbasiga tayanib xabar berishicha, "qizil iblislar" "Al-Hilol" yarim himoyachisi Ruben Neveshga yana qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi 28 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun taxminan 20 million funt (qariyb 23 million yevro) so'ramoqda.
Neveshning "Al-Hilol" bilan shartnomasi yarim yildan so'ng yakuniga yetadi. U 2023 yil yozida "Vulverhempton"dan 55 million yevro evaziga Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgandi.
Seshanba kuni "Manchester Yunayted" Maykl Karrik mavsum oxirigacha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini e'lon qildi.













