Chelsi texnik zonadagi hodisa uchun katta jarimaga tortildi

Chelsi texnik zonadagi hodisa uchun katta jarimaga tortildi

Londonning «Chelsi» klubi «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda texnik zonaga butilka uloqtirilgani sababli jarimaga tortildi. Bu haqda mahalliy futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Toshkent vaqti bilan 2025 yil 27 dekabr kuni APLning 18-turi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Chelsi» «Aston Villa»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Voqea aks etgan videoyozuv bo‘lishiga qaramay, klub va assotsiatsiya qoidabuzarni aniqlay olmadi. Yakunda «Chelsi» aybni tan oldi va 173 ming yevro miqdorida jarima to‘ladi.

Hozirda jamoa 22 o‘yinda 34 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.