Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi \"Shanxay Shenxua\" Osiyo Chempionlar Ligasida navbatdagi uchrashuvni ham ochkolsiz yakunladi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda \"Sanfrecce Xirosima\"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahs taqdirini 78-daqiqada mezbonlar hal qildi: himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu mag\'lubiyat \"Shanxay Shenxua\" uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi omadsiz natija bo\'ldi.

Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi hisobida 4 ochko bor va u turnir jadvalida 11-o\'rinda bormoqda. \"Xirosima\" esa 11 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.