Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua yana maglub bo'ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua yana maglub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanghai Shenhua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida navbatdagi maglubiyatni qabul qilib oldi. Xitoy klubi safarda «Sanfrecce Hiroshima»ga 0:1 hisobida yutqazib, yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Shu tariqa «Shanghai Shenhua» uchun bu turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyat bo'ldi.

Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Hiroshima» esa 11 ochko to'plab, uchinchi pog'onaga joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.