Balogun Gavrga qarshi o'yin oldidan ogohlantirdi

Balogun Gavrga qarshi o'yin oldidan ogohlantirdi

«Monako» hujumchisi Folarin Balogun Liga 1ning 19-turida «Gavr»ga qarshi bo\'ladigan bahs oldidan jamoaning kayfiyati va rejalarini aytib o\'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Forvardning ta\'kidlashicha, monakoliklar bugungi raqibiga hurmat bilan qaraydi, biroq safarda ham uch ochkoni qo\'lga kiritishga qat\'iy bel bog\'lagan.

«Bu juda jismonan kuchli jamoaga qarshi og\'ir o\'yin bo\'ladi. Biz bemalol o\'tirib, faqat «Real» bilan o\'tgan uchrashuv haqida o\'ylashimiz mumkin edi, lekin bu bizga yordam bermaydi», — deya Balogunning so\'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

Eslatib o\'tamiz, hafta davomida «Monako» Chempionlar ligasida Madridning «Real» klubiga 1:6 hisobida yirik mag\'lub bo\'lgandi.

18 turdan so\'ng «Monako» 23 ochko bilan turnir jadvalida 9-o\'rinda bormoqda. «Gavr» — «Monako» uchrashuvi 24-yanvar kuni raqib maydonida bo\'lib o\'tadi va 23:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.