Argentinaning eng eski klubi stadionini yangilashga chorlamoqda

1887 yilda tashkil etilgan va Argentinaning eng qadimgi klublaridan biri sanaladigan “Kilm\'es” bugun murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Jamoa rahbariyati shu sabab muxlislardan yordam so\'rashga majbur bo\'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub stadionni qayta qurish va yangilashni rejalashtirmoqda, biroq bu gal odatdagidek mablag\' yig\'ish haqida gap ketmayapti. “Kilm\'es” tarafdorlariga eski uslubda — stadionga kelib, jismonan mehnat qilish, ta\'mirlash va qayta jihozlash bo\'yicha vazifalarni bajarish taklif qilindi.
Janubiy yarimsharda yozning jazirama issig\'iga qaramay, muxlislar chaqiriqqa faol javob berdi va stadiondagi ishlarga ko\'ngilli tarzda qo\'shilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













