Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajakka aniqlik kiritdi

Hujumchi Sadio Mane yaqin vaqt ichida «Al-Nasr»ni tark etishi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabia xabariga ko\'ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda emas. Mane bilan amaldagi kelishuv 2027 yil 30 iyungacha mo\'ljallangan.
Mane 2023 yilda «Bavariya»dan «Al-Nasr»ga 30 million yevro evaziga ko\'chib o\'tgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o\'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali hujumchini 7 million yevroga baholamoqda.
Ayni paytda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o\'rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













