Fransiya ham JChni boykot qilish ehtimolini inkor etmadi

Fransiya ham JChni boykot qilish ehtimolini inkor etmadi

Avvalroq AQShda o‘tadigan jahon chempionati ayrim «ilg‘or Yevropa mamlakatlari» tomonidan boykot qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bu borada, xususan, Germaniyada ham shunday fikrlar yangramoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransiya sport vaziri Marina Ferrarining aytishicha, hozircha bunday qaror yoki istak yo‘q. Biroq u vaziyat rivojini kuzatib borishlarini ta’kidlab, hech narsani mutlaqo istisno qilmasligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi va bir vaqtning o‘zida uch mamlakat — AQSh, Meksika hamda Kanadada bo‘lib o‘tadi. Fransiya terma jamoasi amaldagi jahon vitse-chempioni hisoblanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.