Jikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini izohladi

Jikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini izohladi

“Antalyaspor” futbolchisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub unda jiddiy umid qilmoqda. So‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmagani esa mikrojaroqat bilan bog‘liq bo‘lgan. Hozir u tiklangan va keyingi uchrashuvda o‘ynashi kutilmoqda.

Avvalroq matbuotda turk klubi “Spartak”ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta uchrashuvda qatnashib, 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning “Antalyaspor” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.