Fransiyada ham Jahon chempionatini boykot qilish ehtimoli bor

Fransiyada ham Jahon chempionatini boykot qilish ehtimoli bor

Avvalroq AQSHda o‘tadigan Jahon chempionati ayrim «progressiv yevropalik» davlatlar tomonidan boykot qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Bu borada eng ko‘p gap Germaniyadan yangramoqda. Endi esa vaziyatga Fransiya sport vaziri Marina Ferrarining ham munosabati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ferrarining aytishicha, hozircha Fransiyada turnirni boykot qilish niyati yo‘q. Biroq u vaziyat qanday o‘zgarishini kuzatib borishlarini ta’kidlab, kelgusida hech narsani inkor etmasligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi va uch mamlakat — AQSH, Meksika hamda Kanadada o‘tkaziladi. Fransiya terma jamoasi amaldagi jahon vitse-chempioni hisoblanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.