Unai Emeri Aston Villa chempionligi haqida fikr bildirdi

Unai Emeri Aston Villa chempionligi haqida fikr bildirdi

Birmingemning «Aston Villa» jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri safarda «Nyukasl» ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis chempionlik imkoniyatlari haqidagi savolga javob berar ekan, maqsadga yetish uchun har kuni tinmay mehnat qilish zarurligini ta’kidladi. «Chempionlikmi? Bunga erishish uchun har kuni ishlash kerak. Barqaror o‘ynasak, katta natijalarga erishish mumkin. Balki 35-turdan keyin bu savolga aniqroq javob bera olarman», — deya Emerining so‘zlarini keltiradi Tribal Football.

23 turdan so‘ng «Aston Villa» 46 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Emeri shogirdlari peshqadam «Arsenal»dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.