Spalletti Yuventus hujumchisi Yildizni inoplanetalik deb atadi

Spalletti Yuventus hujumchisi Yildizni inoplanetalik deb atadi

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti yana bir bor hujumchi Kenan Yildizning o'yinidan hayratda ekanini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

20 yoshli futbolchi A Seriyaning 22-turida "keksalar"ga "Napoli" ustidan yirik 3:0 hisobidagi g'alabani taqdim etishda muhim rol o'ynadi va uchrashuvda gol ham urdi.

Spallettining ta'kidlashicha, Yildiz oddiy ijrochilardan emas: "Yildiz — inoplanetalik, oddiy futbolchi emas. Ba'zan u ataylab nimanidir noto'g'ri qiladi, shunda odatiy insondek ko'rinadi", — dedi u DAZN bilan suhbatda.

Joriy mavsumda turkiyalik yosh yulduz chempionatdagi 21 o'yinda 8 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

Turnir jadvalida "Yuventus" 42 ochko bilan 5-o'rinda, "Napoli" esa 43 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.