Argentina klubi Kilmes stadionni yangilashga muxlislarni chaqirmoqda

Argentina klubi Kilmes stadionni yangilashga muxlislarni chaqirmoqda

Argentina futbolining eng qadimiy jamoalaridan biri sanaladigan «Kilmes» og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. 1887 yilda tashkil topgan klub hozirda sodiq muxlislari ko‘magiga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbariyati stadionni qayta qurish rejalari bilan chiqdi, biroq odatdagidek moliyaviy xayriya so‘ramadi. Aksincha, muxlislarga stadionga kelib, qurilish va ta’mirlash ishlarida bevosita jismoniy yordam berish taklif qilindi.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, «Kilmes» ishqibozlari chaqiriqqa faol javob qaytardi va stadionni yangilash jarayonida klub bilan yelkama-yelka bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.