Ronaldu va Felish yetakchiligida Al-Nasr asosiy tarkibni e'lon qildi

Ronaldu va Felish yetakchiligida Al-Nasr asosiy tarkibni e'lon qildi

Dushanba kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasida «Al-Nasr» o'z maydonida «Al-Taavun»ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan jamoaning boshlang'ich tarkibi ma'lum qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Nasr»ning asosiy tarkibi quyidagicha: Bento, al-Ganam, Simakan, Martines, al-Nasser, al-Haybari, Brozovich, Koman, Mane, Felish, Ronaldu.

O'yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bellashuvdagi voqealar rivojini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.

Agar «Al-Nasr» g'alaba qozonsa, Pro-liga jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tariladi va peshqadam «Al-Hilol»dan ortda qolayotgan farqni besh ochkogacha qisqartiradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.