Massimo Orlando Luka Modrichni ajoyib futbolchi deb atadi

"Milan"ning sobiq futbolchisi Massimo Orlando tajribali Luka Modrichning o'yinini yana bir bor yuqori baholadi. Veteran yarim himoyachi "Real"dagi oq libosdan "rossonerilar" safidagi 14-raqamli futbolkaga o'tganidan keyin ham yuqori darajasini namoyish etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Orlandoning fikricha, Modrich chinakam chempion: u taktik jihatdan juda aqlli, maydondagi vaziyatning barcha murakkab tomonlarini tez ilg'aydi va doimo to'g'ri pozitsiyani tanlaydi. "Roma"ga qarshi uchrashuvda esa u bir necha bor jamoani qutqarib qolgani ta'kidlandi.
"Milan" navbatdagi turda "Bolonya" bilan 3-fevral kuni bahs olib boradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













