Djikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

Antalyaspor futbolchisi Georgiy Djikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiyaning ahvoli yaxshi va klub uning xizmatiga tayanmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmaganiga sabab — kichik jarohat bo‘lgan. Hozir futbolchi tiklangan va keyingi o‘yinda asosiy tarkibda ko‘rinishi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda turk klubi Spartakning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Djikiyaning Turkiya chempionatidagi joriy mavsumda 12 ta o‘yini bor, u ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning Antalyaspor bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













