Endrik xet-trikdan keyin o'yin haqida fikr bildirdi

Endrik xet-trikdan keyin o'yin haqida fikr bildirdi

«Lion» hujumchisi Endrik Fransiya Ligasining 19-turida «Mets»ga qarshi o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuvda braziliyalik futbolchi uchta gol urdi, jamoasi esa 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endrikning aytishicha, bu bahs uning xotirasida uzoq saqlanib qoladi. U mazkur chempionatda to'p surishdan zavq olayotganini ta'kidladi va «Lion»ni kuchli hamda yuqori saviyadagi jamoa sifatida e'tirof etdi.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli braziliyalik futbolchi «Lion» safida ijara asosida o'ynamoqda. Endrikning to'liq transfer huquqi esa Madridning «Real» klubiga tegishli.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.