Slutskiy jamoasi Osiyoning Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Slutskiy jamoasi Osiyoning Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda “Xirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Natijada Xitoy klubi mazkur turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qildi.

Olti turdan keyin “Shanxay Shenxua” 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko to'plab, uchinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.