Gvardiola Holannning pasayishi haqida keskin fikr bildirdi

Gvardiola Holannning pasayishi haqida keskin fikr bildirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Holannning so'nggi o'yinlarda gol urish ko'rsatkichlari pasaygani haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoa hujumda yaxshiroq o'ynab, ko'proq vaziyatlar yaratishi kerak — shunda Holann yana muntazam gol ura boshlaydi. Gvardiola to'purarlarni hech qachon kamsitmaslik lozimligini aytib, «ertami-kechmi ular sizni jim qilishadi» deya ogohlantirdi. Uning fikricha, Holann faoliyati davomida gol urishda to'xtamaydi.

«Manchester Siti» 28-yanvar, chorshanba kuni Chempionlar ligasida «Galatasaroy»ni o'z maydonida qabul qiladi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Shuningdek, xabarda Holann «Manchester Siti»ni faqat bitta klub uchun tark etishga tayyor ekani haqida ham eslatib o'tilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.