Atletiko Bavariya yarim himoyachisini tezroq imzolamoqchi

Atletiko Bavariya yarim himoyachisini tezroq imzolamoqchi

Diego Simeone tarkibdagi yo‘qotishlar fonida qishki transfer oynasining so‘nggi kunlarida faol bo‘lishni istamoqda. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Madrid klubi «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goretska bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Goretskaning Myunxen klubi bilan shartnomasi yozda yakunlanadi, ya’ni mavsum oxirida u erkin agentga aylanishi mumkin. «Bavariya» hozir futbolchini 20 million yevroga baholamoqda, «Atletiko» esa shartnoma muddati tugayotganini inobatga olib, bu narxni ortiqcha deb hisoblayapti.

2025/2026 yilgi mavsumda Leon Goretska 28 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.