Daniel Maldini Laqioga ijara asosida o‘tdi

Daniel Maldini Laqioga ijara asosida o‘tdi

Rimning «Latsio» klubi rasmiy sayti orqali tarkibdagi yangi futbolchini e’lon qildi. Jamoa «Atalanta»dan hujumkor yarim himoyachi Daniel Maldinini ijara asosida safiga qo‘shib oldi. Kelishuvda futbolchini to‘liq sotib olish bandi ham ko‘zda tutilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

24 yoshli Daniel Maldini — «Milan» afsonasi Paolo Maldinining o‘g‘li. U futbolchilik faoliyatini «Milan»da boshlagan, biroq bir nechta ijaralardan so‘ng 2024 yilda klubni butunlay tark etgan.

Ayni paytda «Latsio» A Seriya turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Rimliklar navbatdagi uchrashuvini 30-yanvar, juma kuni o‘z maydonida «Jenoa»ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.