Arteta Chempionlar ligasi o'yinida ikki yetakchi himoyachidan ayrildi

Arteta Chempionlar ligasi o'yinida ikki yetakchi himoyachidan ayrildi

Londonning «Arsenal» jamoasi Chempionlar ligasida «Qayrat»ga qarshi uy uchrashuviga hozirlik ko'rmoqda. Bosh murabbiy Mikel Arteta matbuot anjumanida tarkibdagi vaziyat haqida ma'lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, «kanonirlar» asosiy tarkibdagi ikki himoyachisi — Yurryen Timber va Uilyam Salibadan vaqtincha foydalana olmaydi. Ikkisida ham yengil sog'liq muammolari bor.

«Saliba va Timber safdan chiqdi. Ularda kichik muammolar bor. Dam olish kunlariga kelib ikkalasi ham eng yaxshi holatga qaytishini istaymiz», — dedi Arteta jurnalistlarga.

«Arsenal» va «Qayrat» 28 yanvar kuni maydonga tushadi. Arteta shogirdlari yanvarning so'nggi kunida esa APLning 24-turi doirasida safarda «Lids»ga qarshi o'ynaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.