Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana mag'lub bo'ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqich 6-turida safarda “Sanfrecce Hirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindagi yagona gol 78-daqiqada urildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Bu natija “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.

6 turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. “Hirosima” esa 11 ochko jamg'argan holda kuchli uchlikda, aniqrog'i 3-pog'onada joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.