Gʻundogan Manchester Siti Arsenalni ortda qoldirishiga ishonadi

Gʻundogan Manchester Siti Arsenalni ortda qoldirishiga ishonadi

Galatasaroy yarim himoyachisi Ilkay Gʻundogan Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

35 yoshli futbolchi chorshanba kuni Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining soʻnggi turi doirasida sobiq jamoasi — Manchester Siti bilan toʻqnash keladi.

“Manchester Siti Arsenalni ortda qoldirib, Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritishiga ishonaman. Soʻnggi paytda farq qisqardi, hamma biladi: Siti formaga kirsa, uzoq magʻlubiyatsiz seriya qilishni uddalaydi. Men jamoa va murabbiyga ishonaman, ularga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman”, — dedi Gʻundogan matbuot anjumanida. U “shaharliklar” safini oʻtgan yozda tark etgandi.

23 turdan soʻng Manchester Siti APL jadvalida yetakchilik qilayotgan Arsenalдан 4 ochko ortda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.